Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov xorijda ommalashgan Pokemon Go o‘yining Kreml hududida tarqalishi imkoniyatiga izoh berdi, deya ma’lum qiladi “Gazeta.ru”.
Jurnalistlar matbuot kotibidan Kremlda uning hududi bo‘ylab pokemonlarni qidirishlariga qanday munosabat bildirishlari haqida so‘radi. Bunga javoban Peskov “Kreml davlat rahbari qarorgohi bo‘lishiga qaramay, barcha uchun ochiq. Biroq pokemonlar dunyo madaniyati xazinasi bo‘lgan Kremlga tashrif buyurish uchun sabab emas. Agar adashmasam, hozircha Rossiyada bu o‘yin tarqalmagan. Bunga aniq javob berishim mushkul, chunki o‘zimning o‘yinlarga hushim yo‘q”, — deya ta’kidladi.
Izoh (0)