AQSh aviazarbasi natijasida Afg‘onistonda “Tariq Gidar” guruhi yetakchisi Umar Naray yo‘q qilindi. Bu haqda Pentagon vakili Piter Kuk ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Xuroson viloyatiga berilgan aviazarbalarda Naray bilan birga yana to‘rt nafar jangari o‘ldirildi.
Pentagon manbalariga ko‘ra, “Tariq Gidar” guruhi yetakchisi Pokistondagi qator hujumlar, jumladan, 2016-yil yanvarida universitetga va 2014-yil dekabrida 132 nafar bola qurboni bo‘lgan maktabga hujumlar ortida turgan. Shu yil may oyida “Tolibon” harakati bilan bog‘liq mazkur guruh AQShda terrorchi tashkilot deb topilgandi.
Izoh (0)