Amerikalik Robert Kugler Bella laqabli saraton kasaliga chalingan iti bilan mamlakat bo‘ylab sayohatga chiqdi. Bu haqda CNN hikoya qilmoqda.
Nebraskada yashovchi Kugler labradorni bundan 9 yil avval boqib olgandi. O‘tgan yil may oyida jonivorda osteosarkoma aniqlandi. Shundan so‘ng uning egasida sayohat g‘oyasi tug‘ildi. “Bir kuni uyga qaytganda uni o‘lik holda topishni istamayman”, — deydi amerikalik.
O‘zlarining AQSh bo‘ylab sayohatlarini Kugler va Bella Chikagodan, dengiz piyoda askarlari bilan uchrashuvdan boshladi: Robert bir paytlar ushbu bo‘linmada xizmat qilgandi. Shundan so‘ng ular Klivlend, Filadelfiya, Vashington shaharlari, Niagara sharsharasi, Adirondak tog‘ tizmasi va boshqa manzillarga bordi. Hozirda ikkovlon Floridada bo‘lib turibdi va safarlarini davom ettirish niyatida.
Robert nafaqat sevimli iti, balki insonlarni ham o‘ylab sayohatga jazm etganini e’tirof etadi. “Atrofdagilarni yashashga chorlamoqchiman. Bir-biringizni shu holingizcha seving, ardoqlang, do‘stlar ottiring”, — deya da’vat etadi Kugler.
Izoh (0)