Shu yilning 10-sentabr kuni Kolumbiyada start oladigan futzal bo‘yicha Jahon Chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasi Tojikistonga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini g‘alaba bilan yakunladi.
O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari o‘rtasidagi birinchi o‘yinda 3:3 hisobi qayd etilgan bo‘lib, tojikistonlik futzalchi Fayzali Sardorov har uchala golga mualliflik qilgandi. U Jahon Chempionati ishtirokchisiga qarshi ikki o‘yinda 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Tojikiston terma jamoasiga qarshi uchinchi bellashuv bugun — 14-iyul kuni soat 17:00 da, “O‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)