Rossiyada koinotdan yadro quroli bilan zarba berishga qodir gipertovushli strategik bombardimonchi samolyot ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Strategik raketa qo‘shinlari harbiy akademiyasi filiali o‘qituvchisi podpolkovnik Aleksey Solodovnikov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Samolyot havo kengliklarini patrullash uchun odatiy aerodromlardan parvoz qiladi. Buyruqqa binoan koinotga yo‘l oladi, zarba berish (jumladan, yadro quroli bilan) bo‘yicha vazifani bajaradi va o‘z aerodromiga qaytadi. Bu strategik havo kemasi, katta imkoniyatlarga ega va koinotga chiqish orqali bir—ikki soat davomida sayyoraning istalgan nuqtasiga yetib borishi mumkin”, — deya ta’kidladi Solodovnikov.
Yaratilishiga Markaziy aerogidrodinamika instituti ham jalb etilgan bombardimonchining og‘irligi 20—25 tonna atrofida chiqishi va raketa tartibida gipertovushga ega bo‘lishi bildirilmoqda.
Izoh (0)