Rossiyaliklarning mutlaq ko‘pchiligi mamlakatda iqtisodiy inqiroz hukm surayotganini bildirmoqda. Rossiyada iqtisodiy tanglik ekanligiga respondentlarning 36 foizi qo‘shiladi, 41 foizi shunday fikrdan yiroq emas. Bu haqda “Levada-sentr” tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari dalolat bermoqda, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Shunisi ham borki, rossiyaliklarning aksariyat qismi mamlakatdagi tanglik uzoq vaqt davom etishiga ishonchi komil. Ularning 16 foizi inqiroz 1—1,5 yil, 23 foizi kamida ikki yilga cho‘zilishini taxmin qilayotgan bo‘lsa, 21 foizi tanglik ko‘pga cho‘zilishi, uning asoratlari ko‘p yillar mobaynida o‘zini bildirishiga ishonchi komil. 26% resprondentlar esa bunday vaziyat qanchaga cho‘zilishini aytish qiyinligini ma’lum qildi.
Yaqin oradagi yirik xaridlar haqidagi savolga so‘ralganlarning 43 foizi buni rejalashtirmagani, 22 foizi esa keyinga qoldirishga majbur bo‘lganini bildirdi.
Izoh (0)