Fransiyada terrorchilik harakatlari natijasida halok bo‘lgan yoki jabrlangan shaxslarga beriladigan medal ta’sis etildi, deb yozadi “TASS” L’Officiel rasmiy xabarnomasiga tayanib.
Yangi medal, hujjatda ta’kidlanishicha, 2006-yil 1-yanvaridan keyingi davrda Fransiya hududida yoki undan tashqarida terrorchilar harakatlari chog‘ida jabr ko‘rgan, halok bo‘lgan yoki garovga olingan respublika fuqarolariga “millat hurmatini bildirish” uchun mo‘ljallangan.
U chet elliklarga ham berilishi mumkin.
Izoh (0)