BBDO agentligining Pokistondagi ofisi xodimasi Xuma Mobin Gretsiyaga asal oyi uchun turmush o‘rtog‘isiz jo‘nashga majbur bo‘ldi va Facebook ijtimoiy tarmog‘ida to‘y sayohatini yolg‘izlikda o‘tkazish qanday bo‘lishini namoyish qildi.
U Facebook’ka qator suratlarni joyladi, qizning ularda aks etgan yuz ifodasiga qaraganda, sevimli yorisiz kechgan sayohat unga quvonch bag‘ishlamagan.
Eri Arslon bilan ular yetti oy oldin turmush qurgan. Biroq yoz oyiga mo‘ljallangan oilaviy sayohat amalga oshmay qolgan, chunki Arslon vaqtida vizani rasmiylashtira olmagan. Sayohat uchun oldindan to‘lab qo‘yilgani sababli, Xuma u yerga yolg‘iz jo‘nadi.
Izoh (0)