“Trolleybus 25-yo‘nalishning bir qismida simlar yordamida, qolgan qismida esa dvigatel bilan harakatlanmoqda. Bekatlarga to‘xtash chog‘ida yo‘lovchilarga chiqish va tushish qulay bo‘lishi uchun yonga egiladi. Salonda turniket yo‘q, barcha eshiklardan kirish ruxsat etilgan”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
“Mosgortrans” mazkur trolleybusni iyunda sinovga oldi. Belarusning “Belkommunmash” zavodi muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan 43303A modeli 150 nafardan ko‘proq yo‘lovchini sig‘dirishi mumkin, ostonasi past joylashgan. Undan sinov tariqasida foydalanilishi yil oxirigacha davom etadi.
Izoh (0)