BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Janubiy Xitoy dengizidagi hududlarga da’vo qilayotgan mamlakatlarni mazkur mintaqada keskinlikni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqirdi. Bu haqda Xitoyning ushbu dengizga da’volarini asossiz deb topgan Gaagadagi sud qaroriga izoh bergan bosh kotib rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Bosh kotib barcha tomonlarni Janubiy Xitoy dengizidagi bahslarni tinchlik va murosa yo‘li bilan, muloqot orqali va xalqaro huquq, jumladan, BMT ustavidan kelib chiqib hal etishga chaqirdi. Keskinlikni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan qochish o‘ta muhim ahamiyatga ega”, — deya ta’kidladi Dyujarrik.
Izoh (0)