Elektr poyezdi Moskva viloyati, Istra tumanida 17 yoshli qizni urib yubordi. Bu haqda Rossiya IIV markaziy federal okrugi transport boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Moskva—Shaxovskaya elektr poyezdi Moskva viloyati, Istra tumanida yashovchi 17 yoshli qizni Snegiri bekati yaqinida urib yubordi. U temir yo‘l bo‘ylab ketayotganida quloqchin taqib olgani, musiqa eshitgani va mashinist tomonidan berilgan ovoz signallariga e’tibor bermagani aniqlandi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Politsiya mazkur fojia yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda.
Izoh (0)