Niger prezidenti Mahamadu Issufu G‘arbiy Afrikada terrorizmga qarshi kurash uchun ko‘p millatli kuchlarni tuzishga chaqirdi, deb yozadi “TASS”.
“Biz BMTning Malidagi barqarorlik bo‘yicha ko‘p tarmoqli kompleks missiyasi samaradorligini mustahkamlash va oshirish ishlarini davom ettirishimiz kerak, buni Mali shimolida faoliyat olib boruvchi terrorchilik kuchlariga hujum qilish maqsadida amalga oshirish kerak, — dedi Issufu. — Ushbu qardosh mamlakat (Mali)da terrorizmga qarshi samarali kurasha olmas ekanmiz, Chad ko‘li hududida faoliyat olib boruvchi bo‘linmalardan namuna olgan holda hamkorlikdagi ko‘p millatli kuchlarni tuzishimiz kerak”.
Niger prezidenti Kot-d’Ivuardagi Gran Bassam kurort shahriga qilingan hujum terrorizmning ko‘lami cheksiz bo‘lib borayotganidan darak berishini ta’kidladi.
Izoh (0)