AQSh Mosulni IShID guruhidan ozod etish bo‘yicha operatsiyada mahalliy xavfsizlik kuchlariga yordam berish uchun qo‘shimcha 560 nafar harbiy xizmatchini Iroqqa yuboradi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter 11-iyul, dushanba kuni e’lon qilinmagan tashrif bilan Iroqqa keldi. U Bag‘dodda “Iroq armiyasi qo‘mondonligining rasmiy shaxslari va vakillari” bilan uchrashadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)