Buyuk Britaniyaning Karib dengizidagi mulki bo‘lgan Kayman orollari rasmiylari Zika, denge va chikungunya viruslariga qarshi kurash uchun irsiy o‘zgartirilgan chivinlarni ozodlikka chiqarishga qaror qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mazkur uslub mohiyati dunyoning 60 dan ortiq mamlakatida Zika virusini tarqatayotgan Aedes aegypti turidagi chivinlarning millionlab erkak mutantlarini ozodlikka chiqarishdan iborat. Ular chaqmaydi va kelgusida ko‘payishga qodir bo‘lmagan nasl qoldiradi. Oldinroq xavfli infeksiyalarning oldini olish uchun Braziliyada shunday transgen hasharotlardan foydalanilgandi.
Kayman orollari uzoq vaqt davomida Zika virusidan xoli hudud bo‘lib kelayotgandi. Biroq shu haftada rasmiylar boshqa mamlakatlarda yuqtirilgan kasallik bilan bog‘liq ikki holat haqida xabar qildi.
Izoh (0)