AQSh Iroq va Suriyadagi IShIDga qarshi xalqaro operatsiya qo‘mondonini almashtiradi. The Washington Post nashrining Pentagondagi manbalariga ko‘ra, yaqin orada ushbu lavozimga general-leytenant Stiven Taunsend tayinlanadi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
U o‘tgan yil oktabridan beri qo‘shinlarning birlashgan guruhini boshqarayotgan general Shon Makfarlendni almashtiradi. Hozirda Taunsend Fort-Braggedagi (Shimoliy Karolina shtati) 18-havo-desant korpusiga qo‘mondonlik qilmoqda. Gazeta manbalariga ko‘ra, u avgust yoki sentabrda o‘z vazifasini bajarishga kirishadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)