8-iyul kuni Suriyaning Palmira shahri hududida ikki nafar rossiyalik instruktor uchuvchi — Ryafagat Xabibulin va Yevgeniy Dolgin halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda TJournal Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib.
Ularning Mi-25 vertolyoti IShID terrorchilari tomonidan urib tushirilgan. Vazirlikdagilar ta’kidlashicha, vertolyot terrorchilar hujumiga to‘sqinlik qilganidan so‘ng nishonga olingan.
Ikkala uchuvchi ham vafotidan keyingi davlat mukofotlariga ko‘rsatildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)