AQSh prezidenti Barak Obama 9-iyul, shanba kuni Varshavada Gretsiya bosh vaziri Aleksis Sipras bilan mazkur mamlakat iqtisodiyotidagi muammolarni muhokama qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Obamaga NATO sammitida hamrohlik qilayotgan Oq uy vakillariga ko‘ra, ikki mamlakat yetakchilari Gretsiya iqtisodiy muammolarini hal etishda erishgan siljishlarni muhokama qildi. Davlat rahbari suhbatdoshini AQSh kelgusida ham Gretsiyaning tashqi qarz bilan bog‘liq vaziyatni tartibga solish borasidagi urinishlarini qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi. Yaqin Sharq va Janubiy Osiyodan Yevroittifoqqa kelgan qochoqlar muammosi muloqotning yana bir muhim mavzusi bo‘lgan.
Izoh (0)