Vuster shahrida (Massachusets shtati) istiqomat qiluvchi AQShning eng keksa ayoli Goldi Mixelson 113 yoshida vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mixelson 1902-yili Rossiya imperiyasining Yelisavetgrad shahrida (hozirgi Kirovograd, Ukraina) tug‘ilgan va bolalik chog‘ida ota-onasi bilan AQShga ko‘chib o‘tgandi. Bu yerda u nufuzli Braun universitetitini tamomladi.
Gerontology Research Group gerontologiya xizmatiga ko‘ra, endi Nyu-Jersi shtatida yashovchi 113 yoshli Adel Danlap AQShdagi eng keksa ayol hisoblanadi.
Izoh (0)