Yaponiya va AQSh rasmiylari Shimoliy Koreya tomonidan ballistik raketa uchirilishini qoraladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Raketa “milliy xavfsizlik uchun xavf tug‘dirmagani”ni bildirgan Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe mamlakat xalqaro hamjamiyat bilan birgarlikda mazkur holatni qoralashi lozimligini aytib o‘tdi.
AQSh Davlat departamenti raketa uchirilishi BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini buzishini ta’kidladi.
“Biz Shimoliy Koreyani mintaqadagi keskinlikni kuchaytiradigan harakatlardan tiyilish va buning o‘rniga o‘zining xalqaro majburiyatlarini bajarishga qaratilgan aniq qadamlar qo‘yishga chaqiramiz”, — deyiladi tashqi siyosiy mahkama xabarida.
Izoh (0)