Zika virusini yuqtirgan Yuta shtati fuqarosi olamdan o‘tdi. AQSh kasalliklar nazorati va profilaktikasi markaziga ko‘ra, bu mamlakatning qit’adagi qismida qayd etilgan bezgak oqibatidagi birinchi o‘lim holati, deya xabar beradi “RBK”.
Keksa fuqaroning o‘limi haqida 8-iyul, juma kuni Solt-Leyk okrugi sog‘liqni saqlash vazirligi bildirdi. O‘limning aniq sababi ma’lum emas, biroq marhum Zika virusi bilan kasallangani ta’kidlanmoqda. U bezgak keng tarqalgan hududga safari chog‘ida kasallikni yuqtirib olgan.
Virus uning o‘limiga qanchalik ta’sir ko‘rsatgani aniq emas. Marhumning shaxsi oshkor etilmagan.
Izoh (0)