KXDR tomonidan suvosti kemasidan uchirilgan ballistik raketa 10 kilometr balandlikda portladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Janubiy Koreya mudofaa vazirligidagi manbalarga ko‘ra, raketa “Sinpo” turkumidagi 2000 tonnali suvosti kemasidan uchirilgan va 10 kilometr balandlikda portlagan. U atigi bir necha kilometrga yetib borgan.
Shu bilan birga, Janubiy koreyalik harbiylar KXDR suvosti kemasi ballistik raketalari ishlab chiqishda oldinga siljishga erishayotganini e’tirof etmoqda. Shimoliy Koreya uch yil mobaynida ularni tayyor holatga yetkazishi va Qurolli kuchlari safiga qo‘shishi mumkin.
Izoh (0)