NATO tomonidan Rossiyaning yakkalab qo‘yilishi imkonsiz va nomaqbul hisoblanadi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Varshavadagi alyans sammitida ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
“Biz yangi ‘sovuq urush’ni istamaymiz, biz yangi qurollanish poygasini istamaymiz, biz adovatga erishmoqchi emasmiz”, — deya ta’kidladi bosh kotib.
Stoltenberg so‘zlariga ko‘ra, NATO tiyib turish vositalarini va o‘z mudofaasini mustahkamlash bilan birga, “Rossiya bilan konstruktiv muzokaralar”ga erishmoqchi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, alyans rahbariyati keyinroq Rossiya tomonini sammit ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan yechimlar haqida NATO-Rossiya Kengashining navbatdagi majlisi chog‘ida xabardor qiladi.
Izoh (0)