Nigeriya shimoli-sharqidagi Damboa masjidida 8-iyul, juma kuni amalga oshirilgan terakt oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yana 12 kishi jarohatlangan. Terakt uchun javobgarlikni hozircha hech bir ekstremistik tashkilot zimmasiga olmagan bo‘lsa-da, mintaqada asosan “Boko Haram” guruhi hujumlar uyushtirishi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)