Qo‘shma Shtatlar Polshada 1000 nafar harbiy xizmatchini joylashtiradi. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama 8-iyul, juma kuni polshalik hamkasbi Anjey Duda bilan uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“AQSh bu yerda, polshalik harbiylar yonida ming kishidan iborat batalyonni joylashtiradi. Shuningdek, Amerika zirhli tank brigadasi shtab-kvartirasi ham faoliyatini boshlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, Polshada NATO va amerikalik harbiylar kontingenti, eng zamonaviy harbiy texnika soni va salmog‘i oshadi”, — deya ta’kidladi Obama.
Varshavada o‘z ishini boshlagan NATO sammitida alyansga a’zo 28 davlat yetakchilari Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlarida 4 ta ko‘p millatli batalyon shakllantirilishini e’lon qilishi kutilmoqda. Ularning tarkibiga AQSh, Kanada, Germaniya va Buyuk Britaniya harbiy xizmatchilari kiradi. Mazkur kuchlarning joylashtirishi 2017-yil yanvarida boshlanishi kutilmoqda.
Izoh (0)