Eron mudofaa doktrinasiga muvofiq o‘zining raketa dasturini amalga oshirishda davom etadi. Bu haqda mazkur dastur BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga to‘g‘ri kelmasligini bildirgan Germaniya kansleri Angela Merkel so‘zlariga izoh bergan mamlakat TIV rasmiy vakili Bahrom Qosimiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Eron bir necha bor mamlakat raketa dasturi faqat mudofaa ko‘rinishida ekanligi va yadro kallaklari bilan jihozlanishni ko‘zda tutmasligini aytib o‘tgan. Shu sababli dastur BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini buzayotgani yo‘q va yadroviy kelishuvga umuman bog‘liq emas”, — deya ta’kidladi Qosimiy.
Rasmiy vakilga ko‘ra, yuqoridagi kabi bayonotlar Eron milliy xavfsizlik manfaatlaridan kelib chiqib faol davom ettirish niyatida bo‘lgan raketa dasturining amalga oshirilishiga bosim o‘tkazolmaydi.
Izoh (0)