AQShning Dallas shahrida qora tanlilarning joniga qasd qilishga qarshi o‘tkazilgan namoyishlarda to‘rt nafar politsiya xodimini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan ikki kishi hibsga olindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, otishma snayper miltig‘idan amalga oshirilgan. Gumonlanuvchilarning biri o‘zi taslim bo‘ldi. Ikkinchi gumonlanuvchi maxsus topshiriqli bo‘linma vakillari bilan otishmada faol ishtirok etdi.
Otishmalar natijasida yetti nafar politsiya xodimi ham yaralangan.
Izoh (0)