Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligi mamlakatda amalga oshirilgan turkum teraktlarga aloqadorlikda gumon qilib, 19 kishini hibsga oldi. Bu haqda Al Arabiya xabar bermoqda.
Telekanalga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning 12 nafari pokistonliklar, 7 nafari esa mahallliy fuqarolardir.
Shuningdek, rasmiylar Madinadagi Payg‘ambar (s.a.v) masjidi oldida o‘zini portlatgan xudkush nomini ham oshkor qildi. U 26 yoshli Noir Muslam Hammad al-Nijodiy bo‘lib chiqdi. IIV vakillarining bildirishicha, u avvalroq giyohvandlikka ruju qo‘ygan.
Izoh (0)