AQSh va Rossiya prezidentlari 6-iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqot chog‘ida Suriyada hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishmadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Obama va Putin telefon orqali suhbat davomida Suriyada yangi hamkorlik bo‘yicha qandaydir kelishuvlarga erishmadi”, — deya ta’kidladi Ernest.
Oldinroq The Washington Post nashri Obama ma’muriyati Rossiyaga Suriyada yangi harbiy sheriklikni taklif etganini bildirgandi. Gap go‘yo ikki mamlakat o‘rtasida Suriyadagi terrorchilik guruhlariga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish haqida ketgan. Buning evaziga hukumat kuchlari AQSh qo‘llab-quvvatlayotgan muxolifat qurolli tuzilmalariga zarba bermasligi lozim bo‘lgan.
Izoh (0)