Yevroittifoq o‘zining Falastindagi politsiya missiyasi muddatini 2017-yil 30-iyunga qadar uzaytirdi, deya xabar bermoqda “TASS” Yevroittifoq Kengashi matbuot xizmatiga tayanib.
Rasmiy xabarda aytilishicha, politsiya missiyasi Yevroittifoqning Isroil-Falastin mojarosini tartibga solish orqali Falastin davlatini yaratish bo‘yicha keng harakatlarining bir qismi hisoblanadi.
Missiya 2006-yil yanvarida ta’sis etilgan. Yevroittifoq Kengashi aniqlik kiritishicha, uning maqsadi “Falastin muxtoriyatiga bo‘lajak Falastin davlatining politsiya faoliyati va jinoiy adolat sohasidagi institutlarini yaratishda” ko‘mak berishdan iborat.
Joriy yilning 1-iyulidan boshlab to 2017-yilgacha missiya faoliyatiga 10,32 million yevro ajratilgan.
Izoh (0)