Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev mamlakat hukumati Turkiya bilan har qanday darajada muzokaralar olib borishga tayyorligini, xususan, shaxsan u bunga qo‘shilishga shayligini ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
“Vazirlar ham, bosh vazir o‘rinbosarlari ham shu bilan shug‘ullanadi, va shaxsan o‘zim ham bu bilan mashg‘ul bo‘lishga tayyorman”, — dedi Medvedev.
“Bunda gap Turkiyada dam olishni yaxshi ko‘radigan odamlarimizga buni joriy sayyohlik mavsumida ham amalga oshirish uchun imkoniyat berish haqida bormoqda. Faqat bitta eng muhim shartga rioya qilinishi kerak. Asosiy masala — fuqarolar xavfsizligi”, — dedi Medvedev.
Izoh (0)