BMT Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar yo‘lga qo‘yilishini ma’qullaydi. Bu haqda xalqaro tashkilot bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Biz davlatlar orasida, ayniqsa Turkiya va Rossiya o‘rtasida aloqalar yaxshilanishini olqishlaymiz. Zero, bu ikki mamlakat ham Suriyadagi mojaroni hal etishda muhim tomonlar hisoblanadi. Ular bu borada birgalikda va Suriyani qo‘llab-quvvatlash xalqaro guruhining boshqa a’zolari bilan hamkorlikda ishlasa, buni faqat ma’qullash mumkin”, — deya ta’kidlagan Dyujarrik.
Izoh (0)