Meksika poytaxtidagi Koyoakan tumanida 1-iyul, juma kuni ro‘y bergan yong‘inda olti kishi— uch nafar katta yoshdagilar va shuncha bola halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yana uch bola jarohat olgan va tibbiy yordam ko‘rsatish uchun kasalxonaga yetkazilgan. Fojia joyida ekspert-kriminalistlar va prokuratura xodimlari ishlamoqda. Huquq-tartibot idoralari hodisa tafsilotini o‘rganishga kirishdi.
Izoh (0)