AQSh hukumati bir necha o‘nlab xorijiy kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar kiritdi, ular orasida Rossiyaning beshta korxonasi ham bor, deb yozadi “Vedomosti”.
AQSh davlat departamenti fikricha, ushbu kompaniyalar Eron, KXDR va Suriyaga nisbatan yadro quroli tarqatmaslik haqidagi qonunni buzib, ularga ommaviy qirg‘in quroli va raketa texnikasi ishlab chiqarishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan texnologiya yoki uskunalarni yetkazib bergan.
Qora ro‘yxatga jami 40 ta korxona kiritildi, ularning ko‘pchiligi Xitoy, shuningdek, KXDR, Eron va Suriya kompaniyalaridir.
Izoh (0)