Vengriyadagi Xortobad milliy bog‘ida 1-iyul, juma kuni sodir bo‘lgan portlashda to‘rt kishi halok bo‘ldi va bir kishi jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Népszabadság nashriga ko‘ra, milliy bog‘da ikkinchi jahon urushi davriga oid bomba portlagan. Buning oqibatida snaryadlarni zararsizlantirish bilan shug‘ullangan sapyorlar qurbon bo‘lgan. Hodisa ro‘y bergan joyda avval harbiy poligon bo‘lgani bildirilmoqda.
Izoh (0)