“Tolibon” harakati 30-iyun, payshanba kuni Afg‘oniston poytaxtida askarlikka endi chaqirilganlarni olib ketayotgan armiya avtobusiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda “RIA novosti” xabar bermoqda.
Afg‘oniston rasmiylari terakt oqibatida 27 kishi halok bo‘lgani, 40 ga yaqin kishi yaralanganini tasdiqladi. Xudkush terrorchi Kobul — Qandahor yo‘lida askarlikka chaqirilganlarni olib ketayotgan avtobus yaqinida o‘zini portlatib yuborgani aytilmoqda.
Izoh (0)