Dunyo fond bozori Britaniyadagi referendumdan keyingi ikkita savdo sessiyasi chog‘ida kapitalizatsiyaning 3 trillion dollari (4 foizdan ortig‘i)ni yo‘qotdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”. Financial Times yozishicha, bunday pasayish rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Tahlilchilar so‘zlariga ko‘ra, birinchi kuni (24-iyun, juma) pasayish asosan, britaniyaliklar Yevropa ittifoqiga a’zolikni saqlab qolish uchun ovoz berishi ilinjida amalga oshirilgan qisqa muddatli pozitsiyalar yopilishi bilan bog‘liq bo‘lgan. 27-iyun, dushanba kuni esa salbiy dinamika endi Brexit oqibatlarini kutish bilan bog‘liq uzoq muddatli taxminlarga aloqador bo‘ldi.
Asosiy yuk rivojlangan aksiya bozorlari yelkasiga tushdi: ular ikki sessiyada 2,8 trillion dollar yo‘qotdi, rivojlanayotgan maydonlarda esa kapitalizatsiya bor-yo‘g‘i 179 milliard dollarga pasaydi.
Izoh (0)