Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSh 28-iyun, seshanba kuni ballistik raketalarni erta bosqichda aniqlash bo‘yicha uch tomonlama mashg‘ulotlarni boshladi. KXDR fitnalari ro‘y berganda tomonlarning harakati sinovdan o‘tkaziladigan va Gavayi orollarida bo‘lib o‘tadigan mashqlar shunday yo‘nalishdagi birinchi mashg‘ulot bo‘ladi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Mashg‘ulotlarda Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Aegis qurollarni boshqarish kompleksi bilan jihozlangan esminetslari ishtirok etadi. AQSh mashqlarga oxirgi avlod MQ-9 josus uchuvchisiz uchish qurilmasini ham safarbar etishi istisno etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Shimoliy Koreya Yapon dengizi qirg‘og‘idagi Vonsan shahri yaqinida ketma-ket ikki ballistik raketa uchirilishini amalga oshirdi.
Izoh (0)