Toshkent shahrida muqaddam 9 marta sudlangan fuqaro yana bir jinoyat bilan qo‘lga olindi. Uning yonidan giyohvand moddalar topilgan. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum bo‘lishicha, Sergeli tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini shubhali tutgan shaxs to‘xtatib, xolislar ishtirokida tekshirilganida uning hamyonidan 64 dona qora va ko‘k rangdagi plastik lentaga o‘ralgan tuzsimon, oq rangli moddalar topilib, rasmiylashtirib olindi.

Ushbu shaxs giyohvandlik vositalarini 5 ming 400 dollarga xarid qilganini va unga Mirobod tumanida ularni maydalab 78 gramm holatda berilganini aytgan.
Fuqaro muqaddam bir necha bor Jinoyat kodeksining 166-168-169-moddalari bilan sudlanib, umrining bir necha yilini qamoqda o‘tkazishga ham ulgurgani aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Izoh (0)