KXDR AQShni Vashington tomonidan bo‘layotgan dushmanlarcha siyosat sharoitida o‘z yadro salohiyatini mustahkamlashda davom etishi, uning hujumkor qudrati AQSh uchun “doimiy xavf” tug‘dirishiga intilishi haqida xabardor qildi, deb yozadi “TASS”. KXDRning BMTdagi doimiy vakolatxonasi ma’lum qilishicha, tegishli nota AQSh diplomatik missiyasiga yo‘naltirilgan.
Nota Davlat departamentining KXDR tomonidan o‘tgan haftada o‘tkazilgan raketa sinovlari BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini buzishi, shuningdek, mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishi haqidagi da’volariga javob bo‘ldi.
Diplomatik notada aytilishicha, AQShning dushmanlarcha siyosati davom etib, yadro xavfi saqlanar ekan, Pxenyan o‘z-o‘zini mudofaa qilish maqsadida yadro kuchlarini mustahkamlashda davom etadi.
Nashr eslatishicha, 23-iyun kuni KXDR “yer—yer” sinfidagi o‘rta va uzoq masofalarga parvoz qiluvchi “Xvason-10” strategik ballistik raketasini uchirgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)