Faqat yazidiy ayollardan tarkib topgan birinchi jangovar otryad Iroq Kurdistonida IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash uchun tayyorlandi, deya xabar bermoqda “TASS” Kurd militsiyasi jangchilarini tayyorlash bo‘yicha maxsus markaz vakiliga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ilk otryadga ikki oy davomida maxsus tayyorgarlik kurslarini o‘tagan 137 nafar ko‘ngilli kirdi. Ushbu davr ichida qizlar turli o‘qotar qurollardan foydalanishni o‘rgandi, jang olib borish taktikasi, shuningdek, inson huquqlari va boshqa sohalardagi qonunchilik asoslari bilan tanishdi.
Otryad yaqin vaqt ichida Iroqning Naynov provinsiyasi Sinjar shahri hududidagi IShID qismlari bilan chegaradosh tumanlarga yo‘naltiriladi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)