Islandiyadagi prezidentlik saylovlarida yetakchilik qilayotgan tarix professori, hech bir siyosiy partiya a’zosi bo‘lmagan Gudni Yoxansson davlat rahbarligi uchun kurashda allaqachon g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Hali hamma ovozlar hisoblab bo‘lingani yo‘q, ammo biz g‘alaba qozondik deb o‘ylayman”, — ta’kidladi u tarafdorlari o‘rtasidagi chiqishi chog‘ida.
Yoxansson buni saylovdagi ovozlarning 32 foizi hisoblab chiqilganidan so‘ng ma’lum qildi. Uni saylovchilarning kamida 37,8 foizi qo‘llab-quvvatlayotgani bildirilmoqda.
Yoxanssonning asosiy raqibi, tadbirkor Xalla Domasdottir uchun 29,9% ovoz berilgan.
Izoh (0)