O‘zbekistonda 23-iyun, payshanba kuni faqat tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik va momaqaldiroq kutiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi ma’lum qildi.
Xabar berishlaricha, 23-iyunga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +8...+13 daraja, Toshkent shahrida +18...+20 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +16...+21 daraja, qolgan hududlarda +22...+23 darajagacha iliq bo‘ladi.
23-iyun kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +15...+20 daraja, Toshkent shahrida +30...+32 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +29...+33 daraja, mamlakatning qolgan hududlarida +35...+38 darajagacha issiq bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)