21-iyunning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yarim yilga uzaytirdi. Agarda Fransiya tomoni e’tiroz bildirmasa, qaror 24-iyun, juma kuni kuchga kiradi.
2. Toshkentning Oltintepa ko‘chasida Mercedes-Benz Conecto avtobusi yonib ketdi. Shaharning Grand Mir mehmonxonasi oldida esa “Gazel” mikroavtobusi ag‘darilib ketdi.
3. Toshkentda Hyatt Regency mehmonxonasi qurib bitkazildi. Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi ShHT sammitida qatnashish uchun kelgan ilk mehmonlarini qabul qildi.
4. Janubiy Koreya “har bir oilaga ikkitadan avtomobil” davriga kirayotgani qayd etildi. 1970-yilda atigi 46 ming dona avtomobil bo‘lgan Janubiy Koreyada ularning soni to‘xtovsiz oshib bormoqda.
5. Venesuelada odamlar ovqat uchun mushtlasha boshladi. Venesuelada oziq-ovqat qurolli soqchilar nazorati ostida yetkazib beriladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)