Panamada gripp avj olishi tufayli shu kungacha 18 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 600 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda 13-iyun, dushanba kuni Lotin Amerikasidagi mamlakat rasmiylari ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Kasallikning 35 foizi A(H1N1) shtammi, ya’ni cho‘chqa grippi bilan bog‘liq. Shunchalik ko‘p kishi kasalxonaga yotishiga to‘g‘ri kelgani bizni taajjublantirmoqda”, — deydi Uilyam Gorgas nomidagi tibbiy tadqiqotlar instituti bosh direktori Nestor Sosa.
Aprel o‘rtalaridan beri 4 million aholi istiqomat qiladigan mamlakatda 800 ming kishi grippga qarshi emlandi, yaqin orada Panamaga 1,18 million doza vaksina keltiriladi. Prezident Xuan Karlos Varela nafaqat kam ta’minlangan fuqarolar orasida, balki ommaviy vaksinatsiya o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan.
Izoh (0)