IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning aviazarbasi davomida o‘ldirildi. Bu haqda terrorchilar bilan bog‘liq agentlikka tayanib, Mirror ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Abu Bakr al-Bag‘dodiy koalitsiyaning Rakkaga bergan aviazarbasi tufayli Ramazonning beshinchi kuni o‘ldirildi”, — deyiladi mazkur agentlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Abu Bakr al-Bag‘dodiy va guruhning boshqa rahbarlari Iroq hamda Suriya chegarasidagi qo‘mondonlik punktiga berilgan aviazarba natijasida yaralangani ma’lum qilingandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)