Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida terrorchilar hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 8 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Kasimov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Aqto‘bedagi hodisalar davomida Milliy gvardiyaning 3 nafar harbiy xizmatchisi va 5 nafar fuqaro halok bo‘ldi. 12 nafar politsiyachi va 7 nafar harbiy xizmatchi jarohatlandi”, — deya ma’lum qilgan vazir Ostonada aholi bilan hisobot uchrashuvi chog‘ida.
Oldinroq yetti kishi, jumladan, uch nafar harbiy halok bo‘lgani bildirilgandi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Aqto‘bedagi maxsus operatsiyalar natijasida 18 nafar jinoyatchi yo‘q qilingan, to‘qqiz nafari qo‘lga olingan.
Izoh (0)