Myanma shimoli-g‘arbida shiddatli yomg‘irlar oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mamlakat ijtimoiy ta’minot vazirligiga ko‘ra, halok bo‘lganlar Rakxayn shtati va Sikayn ma’muriy okrugida istiqomat qilgan, ular orasida to‘rt ayol va bir bola bor. Toshqinlarni keltirib chiqargan yomg‘irlar Myanmaning ayrim hududlarida 9-iyun, payshanba kuni boshlandi.
Izoh (0)