12-iyun, yakshanba kuni Yaponiya janubi-g‘arbida 4,3 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
Mamlakat milliy meteorologik boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, yerosti silkinishi markazi Kumamoto prefekturasida, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida xabar berilmagan, sunami xavfi e’lon qilinmagan.
JR Kyushu temiryo‘l kompaniyasining bildirishicha, yerosti silkinishlari tufayli prefekturaning bir qator hududlarida “Sinkansen” tezyurar poyezdlari harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
Qo‘shni Kagosima prefekturasida joylashgan “Senday” atom elektr stansiyasida ko‘zda tutilmagan holatlar sodir bo‘lmagani aytilmoqda.
Izoh (0)