Faollar Yuylin shahrining (Janubiy Xitoy) Pekindagi vakolatxonasiga har yili o‘tkaziladigan it go‘shti festivalini bekor qilish talab qilingan va 11 million imzo qo‘yilgan petitsiyani topshirdi. Ular vakolatxonaga itlari hamrohligida va “Sening taoming emasman” yozuvi tushirilgan tasvirlar bilan keldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Yuylindagi it go‘shti festivali 21-iyunda boshlanadi. Garchi Xitoy va Koreyada it tanovvul qilish asrlardan beri odatiy hol hisoblansa-da, bunga bag‘ishlangan maxsus festival atigi bir necha yil avval paydo bo‘ldi.
The Washington Post manbalariga ko‘ra, har yili Osiyoda go‘shti uchun 30 millionga yaqin it o‘ldiriladi. Ularning uchdan bir qismi Xitoyga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)