Buyuk Britaniyada qirolicha Yelizaveta II ning rasmiy tug‘ilgan kuni munosabati bilan uch kunlik tantanalar 10-iyun, juma kuni boshlanadi, deb yozadi “TASS”.
Ta’kidlash joiz, o‘zining haqiqiy 90 yoshini qirolicha 21-aprelda nishonlagan, yubiley konsert dasturi esa Vindzor qasrida 12—15-may kunlari bo‘lib o‘tgan edi.
Yelizaveta II ni o‘z monarxi deb tan oluvchi mamlakatlarning har biri Hazrati oliyalarining rasmiy tug‘ilgan kunini nishonlash uchun o‘z muddatlarini belgilaydi. Odatlar bu ob-havo yaxshi bo‘lgan kunlardir. Buyuk Britaniyada bunday kun 1974-yildan buyon 11-iyundan 17-iyungacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi: bu vaqtda yomg‘ir yog‘ish ehtimoli katta emas.
10-iyun kuni Londondagi Avliyo Pavel soborida Yelizaveta II sharafiga minnatdorlik ibodati bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, qirolichaning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filip, Edinburg gersogi o‘zining 95 yoshini nishonlaydi.
Izoh (0)